Suriya Qrimni Rossiya hududi sifatida tan oldi

Obuna bo‘lish
Ukrainada 2014-yilda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarilishidan keyin, Qrim yarim orolining 95% aholisi Rossiya bilan qayta birlashish uchun ovoz bergan edi.

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Suriya Qrimni Rossiyaning ajralmas bo‘lagi sfatida tan oldi, dedi Suriya parlamenti vakili Xadiya Abbas, Sputnik axborot agentligiga bergan intervyusida.

“…Biz Qrimni Rossiyaning ajralmas bo‘lagi siftida tan olamiz”, — dedi Xadiya Abbas.

Uning so‘zlariga qaraganda Rossiya va Suriya orasidagi munosabatlar strategik ahamiyatga ega. Suriya hukumati ikki davlat munosabatlarini siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va konsullik sohalarda rivojlantirishga harakat qiladi.

Xadiya Abbas aytishiga qaraganda, Qrim Sovet Ittifoqining bo‘lagi bo‘lgan. Ittifoq bo‘linganidan hozirgi vaqtga qadar yuz bergan voqealardan keyin, o‘tkazilgan erkin referendum natijasida, Qrim aholisi o‘z xoxishi bilan, o‘zining asl ildiziga qaytgan.

“Ular o‘z vatanlari bilan birlashishga qaror qilishdi”, — dedi Xadiya Abbas.   

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada 2014-yilda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarilishidan keyin, Qrim yarim orolining 95% aholisi Rossiya bilan qayta birlashish uchun ovoz bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0