Qozog‘iston elchisi bilan eksport masalalari muhokama qilindi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston eksportni va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori Qozog‘iston elchisi bilan uchrashdi.

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. O‘zbekiston eksportni va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasida Qozog‘iston elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, “Jahon” AA xabariga asosan.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston orasida qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlari  yanada mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Shuningdek respublikalar orasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish imkoniyatlari, bozor talablari asosida mahsulot va xizmatlar eksporti uchun yangi imkoniyatlar  yaratish, yangi va ishonchli hamkorlar topish masalalari o‘rganib chiqildi.

 

O‘zbekistonda eksport va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi direktori J. Mustafoyev, raqobatbardosh mahsulotlar turi ko‘payishi, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash  choralari va chet el sarmoyalarini jalb qilish tufayli  - Respublikada qulay tadbirkorlik muhiti yaratilganini xabar qildi.

Mustafoyev aytishiga qaraganda O‘zbekiston birinchi prezidentining 2016-yil 16-mart kuni qabul qilingan “Eksportni va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini  yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori jamg‘arma faoliyatini yanada kengaytirdi.

Ushbu yilning to‘qqiz oyi davomida jamg‘arma 2100 tadbirkorga mahsulotni tashqi bozorga eksport qilish borasida yuridik, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar  ko‘rsatdi. Shu bilan bir vaqtda 286 tadbirkor Qozog‘istonga umumiy qiymati 126 mln dollarlik mahsulot eksport qildi. Olma-otada bo‘lib o‘tgan xalqaro “Mebel va interyer-2016” ko‘rgazmasida O‘zbekistonlik tadbirkorlar qiymati 2 mln  dollarlik shartnomalar imzoladi.

 

Yangiliklar lentasi
0