Toshkentda isitish mavsumi boshlanadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishIsitish radiatori
Isitish radiatori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarorda 18-oktabrdan Toshkent shahar issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakatini ishga tushirish vazifasi topshirilgan

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. 18 oktabr kuni Toshkent shahar hokimi "Toshkent shahrida 2016-2017 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash to‘g‘risida"gi qarorga imzo chekdi, deb xabar beradi shahar hokimligi axborot xizmati.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekistonga sovuq havo oqimining kirib kelishi munosabati bilan aholiga qulayliklar yaratish, ijtimoiy soha obyektlarida xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilash maqsadida Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlashga o‘tiladi.

Issitish batareyasi - Sputnik O‘zbekiston
Issiqlik manbai korxonalari viloyat hokimiyati ixtiyoriga o‘tkaziladi
 

Qarorda "Toshkent issiqlik elektrmarkazi" AJ, "Toshkent issiqlik markazi", "Toshissiqquvvati" IChB UKga markazlashgan issiqlik tizimining barcha qismlarini tekshirish imkoniyatini ta’minlash uchun 18-oktabrdan Toshkent shahar issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakatini ishga tushirish vazifasi topshirilgan.

Bundan tashqari, yuqoridagi tashkilotlarga poytaxtda 2016-2017 yilgi isitish mavsumi davrida uzluksiz tabiiy gaz, suv ta’minoti va elektr energiyasini yetkazib berish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklatildi. 
Shuningdek, issiqlik ta’minoti, ijtimoiy soha obyektlari rahbarlariga tuman hokimliklari bilan hamkorlikda ijtimoiy soha obyektlari, xususan, ta’lim muassasalari, kasalxona va poliklinikalarni 2016-yil 19-oktabrdan, aholi turar-joy binolarini esa 20-oktabrdan muntazam isitishga kirishishni tashkil etish topshirilgan. 

Toshkent shahar Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasiga  ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti tizimining barqaror ishlashi uchun mutasaddi xodimlar va aholi tomonidan qoidalarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikni nazorat qilish vazifasi topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0