TOShKENT, 18 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Fuqaro aviatsiyasining havodagi harakatini ta’minlash qoidalariga” o‘zgarishlar kiritildi.
Ushbu o‘zgarishlar aviatsiya dispetcherlarining dam olish va ishlash jadvaliga taaluqli bo‘ladi.
Uzoq vaqt davomida bedorlik qilish va katta miqdorda aqliy mehnat bilan shug‘ullanish natijasida aviadispetcherlar toliqishi va ushbu holat parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligini hisobga olgan holda, “O‘zaeronavigatsiya” Markazi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” bilan kelishgan holda, parvozlarni bevosita boshqaradigan dispetcherlar uchun maxsus ish va dam olish jadvali ishlab chiqadi.