Moskva sudi “Lukoyl” vitse-prezidenti o‘g‘lini aybladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishRuslanu Shamsuarov sudda
Ruslanu Shamsuarov sudda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud uch fuqaroni Moskva ichida Mercedes Gelandewagen rusumli avtomobillarda politsiya xodimlari bilan poyga uyushtirganlikda, va politsiya xodimlarini haqorat qilganlikda ayblashmoqda.

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Moskva shahar Gagarin tumani sudi “Lukoyl” kompaniyasi vitse-prezidenti o‘g‘li Ruslan Shamsuarov va yana ikki kishini aybdor deb topdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Xususan, sud Shamsuarov, Uskov va Madjidovlarni Moskva ichida Mercedes Gelandewagen rusumli avtomobillarda politsiya xodimlari bilan poyga uyushtirganlikda, va politsiya xodimlarini omma oldida haqorat qilganlikda ayblashmoqda.

“Shamsuarov, Uskov va Majidovlar hukumat vakilini omma oldida haqorat qilganligi sud tomonidan aniqlandi”, — deyilgan ayblov matnida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning may oyida ushbu voqea katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Internetda paydo bo‘lgan videorolikda, uch yosh yigit qimmatbaho Mercedes-Benz G63 AMG avtomobilda  yo‘l qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, politsiya xodimlaridan qochishgan. Undan tashqari ular bo‘layotgan voqeani internet orqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilib borishgan. Shuningdek internetga translyatsiya qilingan suhbat davomida politsiya xodimlari haqila xunuk gaplar aytishgan edi.

Ushbu munosabat bilan Moskva shahar Gagarin tumani sudi Ruslan Shamsuarov, Abduvaxob Madjidov va Viktor Uskovlarni jinoyat kodeksining “Hukumat xodimiga nisbatan tahlika qilish”, “Hukumat xodimini haqorat qilish” bandlari bo‘yicha ayblamoqda.

Prokuratura barcha ayblanuvchilarni 2-yil va 1 oy ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan. Jabrlanuvchilar  - uch nafar YPXX xodimlari. 

Yangiliklar lentasi
0