TOShKENT, 17 okt – Sputnik. “O‘zstandart” O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori etib Aktam Xaitov tayinlandi, deb xabar qilmoqda, muassasa sayti.
Sobiq Bosh direktor Abdusalam Qurbonov ushbu lavozimda 2012-yildan ishlab kelayotgan edi.
Aktam Xaitov 2010-yilning iyul oyidan 2014-yilga qadar Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri lavozimida ishlab kelgan.