Putin va Si Szinpin O‘rta Osiyoga xalqaro terrorchilik kirishiga yo‘l qo‘yishmaydi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPutin Va Si Szinpinning BRIKS sammitida uchrashuvi
Putin Va Si Szinpinning BRIKS sammitida uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va Xitoy rahbarlari alohida uchrashuv davomida O‘rta Osiyo hududiga halqaro terrorchilar kirib kelishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslikni ta’kidlashdi.

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. BRIKS sammiti davomida umumiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tganiga qaramasdan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin XXR raisi Si Szinpin bilan alohida uchrashuv o‘tkazishdi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat rahbarlari Suriyadagi vaziyat haqida fikr almashdilar. Shuningdek terrorchilkka qarshi kurash borasida, tomonlar bir xil fikr namoyish qildilar.

Suhbat davomida rahbarlar O‘rta Osiyo davlatlari ichki ishlariga tashqaridan turib aralashishni qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidlashdi.

"Xalqaro terrorning O‘rta Osiyoga kirib kelishi yoki ushbu hudud orqali o‘tishiga to‘sqinlik qilish uchun hamkorlikni davom ettirish kerakligi alohida aytib o‘tildi", — dedi Peskov.

Koreya yarim orolidagi vaziyat haqida fikr almashish davomida tomonlar hududni yadro qurolidan tozalash kerakligini ta’kidlashdi. 

"Umuman olganda asosiy xalqaro muammoalar borasida Rossiya va Xitoy hamfikr ekanligi qayd etildi", — dedi prezident matbuot kotibi.

XXR raisi Putinni o‘zining eski do‘sti ekanligini ta’kidladi. Rossiya prezidenti xitoylik hamkasabasi bilan BRIKS sammiti munosabati bilan navbatdagi uchrashuvidan mamnun ekanligini aytib o‘tdi.

Putinning so‘zlariga qaraganda Rossiya va Xitoy orasidagi munosabatlar eng yuqori siyosiy darajada, hukumatlar, vazirliklar va korxonalar darajasida juda izchil rivojlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0