TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Osiyo-2016 o‘smirlar futbol chempionati Bahraynla yakuniga yetdi, Tojikiston FF xabariga asoan.
“D guruhida qatnashayotgan Tojikiston o‘smirlar terma jamoasi o‘yin boshida 1:0 hisobida ustunlik qilganiga qaramasdan, g‘alabani saqlab qola olmadi va 1:2 hisobda raqibga boy berdi”, — deyilgan xabarda.
O‘zbekiston o‘smirlar futbol terma jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan bahsda Tojikiston jamoasi 20 daqiqada hisobni ochdi, lekin keyingi taymda O‘zbekiston jamoasi ikki gol bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Chempionat qoidasiga ko‘ra, guruhda eng yaxshi natija ko‘rsatgan ikki jamoa medal uchun o‘yinlarni davom ettiradi. Osiyo chempionatining eng yaxshi to‘rt jamoasiga 2017-yil Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan O‘smirlar Jahon chempionati uchun to‘rt yo‘llanma taqdim etiladi.