Jenish Razakov: chegara muammosini hal qilishda ilk qadam qo‘yildi

© Press-slujba pravitelstva / Sabir AilchiyevJenish Razakov
Jenish Razakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sentabr oyining boshidan beri O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati delimitatsiya va demarkatsiya komissiyalari to‘rtinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston Qirg‘iziston chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish ishlarida ilk qadam qo‘yildi, dedi Sputnik muxbiriga Qirg‘iziston bosh vazir o‘rinbosari Jenish Razakov. 

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati delimitatsiya va demarkatsiya komissiyalari 5-14 oktabr kunlari umumiy chegaraning 55 bo‘lagida birgalikda dala tekshiruvlari o‘tkazishdi. Sentabr oylarida komissiyalar chegaraning 23 bo‘lagini tekshirishgan edi.

“Yakunlar haqida gapirishga hali erta, lekin tomonlar birgalikda ish boshlaganinning o‘zi – yaxshi xabar. Sentabr oyidan beri ishchi guruhlarning to‘rt uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Asosiysi – muammoni yechish uchun O‘zbekiston tomonidan ham ilk qadam qo‘yildi”, — dedi Razakov.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaralarining umumiy uzunligi 1378 km ni tashkil qiladi. Bugungi kunda uning ¼ qismi — 58 bo‘lakda 324 km aniq belgilanmagan. Bu doimiy mojarolar sababi bo‘lib qolmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0