TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston Gidrometeomarkazi Respublikaning barcha viloyatida havo harorati keskin sovishini va 17-18 oktabr kunlari ayrim viloyatlarda qor yog‘ishi mumkinligini xabar qildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, yangi haftaning dushanba va seshanba kunlari Respublikaning barcha viloyatlarida havo sovishi, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
18 Oktabr kuni Xorazm, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Sardaryo, Toshkent vloyatlari va Farg‘ona vodiysining ayrim tumanlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayib yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
O‘zgidrometeomarkaz xabariga ko‘ra, 17-18 oktabr kunlari Respublikada havo harorati kunduzi 13-18 gradusga, tunda esa 5 —10 gradusgacha pasayishi mumkin.
19-20 oktabr kunlar esa, kunduzi 7-12 gradus, tunda esa havo harorati 0 gradusgacha tushishi mumkin.