AQSh harbiy kemasi Yaman qirg‘og‘i yaqinida uchinchi bor o‘qqa tutildi

© REUTERS / Karl Ronstrom/File photoUSS Mason - AQSh harbiy kemasi
USS Mason - AQSh harbiy kemasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaman muxolifati – xusiylar ushbu voqeaga ularning aloqasi yo‘qligini ta’kidlashmoqda.

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. AQSh harbiy dengiz flotiga qarashli USS Mason VMS nomli harbiy kema, Yaman yaqinida neytral hududda hafta davomida uchinchi bor o‘qqa tutildi, deb xabar qilmoqda NBC telekanali AQSh harbiylari xabariga asosan.  

Xabarga ko‘ra, voqea yakshanba kuni erta tongda yuz bergan. AQSh harbiy kemasiga tmoniga kamida bitta raketa otilgan. Harbiy kema tomonidan tezkor qarshi choralar ko‘rilishi munosabati bilan, kemaga zarar yetmagan. Raketa qaysi hududdan uchirilgani xabarda aniq aytilmagan.

Yaman muxolifati – xusiylar ushbu voqeaga ularning aloqasi yo‘qligini ta’kidlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu hafta boshida, AQSh harbiy kemasi Yaman muxolifati qo‘l ostida bo‘lgan hududdan o‘qqa tutilgan edi. Xusiylar bunga ularning aloqasi yo‘qligini aytishiga qaramasdan, AQSh chorshanba kuni, Yaman qirg‘og‘ida joylashgan uch radiolokatsiya stansiyalariga zarba bergan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0