Shavkat Mirziyoyev Tailand qirolichasiga hamdardlik yo‘lladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishBangkok (Tailand)dagi Qirollik saroyi
Bangkok (Tailand)dagi Qirollik saroyi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Tailand Qiroli Pumipon Adulyadet vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Tailand Qirolichasi Momrachavongsa Sirikat Kitiyakaraga ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi, deya xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Tailand qiroli Pxumipxon Adulyadet (Rama To‘qqizinchi) - Sputnik O‘zbekiston
Tailand qiroli olamdan o‘tdi
Yo‘llangan maktubda Shavkat Mirziyoyev atoqli davlat arbobi, millat rahbari Tailand Qiroli Pumipon Adulyadet vafoti munosabati bilan hamdardlik izhor qilgan. U qirollik oilasi va butun Tailand xalqiga samimiy hamdardlik so‘zlarini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Tailand qiroli Pxumipxon Adulyadet (Rama to‘qqizinchi) 89 yoshida Bankokdagi Sirirat kasalxonasida chorshanba kuni olamdan ko‘z yumgan edi.

1946 yildan buyon Tailandni boshqarib kelgan qirol Pxumipxon Adulyadet taxtda eng uzoq o‘tirgan monarx hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0