TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi Bosh kotibi Antoniu Guterresh Suriyada tinchlik o‘rnatish niyatida, u bu haqda o‘zining tayinlovidan so‘ng ma’lum qilgan.
BMT Bosh Assambleyasi payshanba kuni Antoniu Guterreshning nomzodini butunjahon tashkilot bosh kotibligiga tasdiqlagan edi. Guterresh bu lavozimda to‘rt yil — 2017-yilning 1-yanvaridan 2021-yilning 31-dekabriga qadar faoliyat yuritishi xabar qilingan.
Jurnalistlar tomonidan Guterreshga berilgan dastlabki savol Suriya to‘g‘risida bo‘lgan. "Suriya xalqi chekayotgan zahmatlar mening yuragimni tilka-pora qilmoqda, va men Suriya xalqiga xizmat qilish va ularga tinchlik keltirish uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilaman", — deya ta’kidlagan u.