TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Kecha "Toshkent Chellenjer" turnirining yarim finaliga chiqish uchun o‘tkazilgan bahsda o‘zbek tennischisi Sanjar Fayziyev rossiyalik Konstantin Kravchuk bilan to‘qnash keldi, deb xabar beradi "Novosti Uzbekistana".
Fayziyev birinchi setda 3:2 hisobida oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, muvaffaqiyatni ushlab qola olmadi va 4:6 hisobida o‘yinni boy berdi. Kortda har bir to‘p uchun murosasiz kurash bordi, ikkala tennischi ham ortki chiziqda a’lo darajada o‘yin namoyish etishdi va xatoga deyarli yo‘l qo‘yishmadi.
Ikkinchi setda har ikki raqib yanada faollashdi va teng kurash olib borishdi. Fayziyev hattoki hisobni 5:4ga yetkazdi, biroq Kravchuk set yakunida 7:5 hisobida g‘alabaga erishdi.
Shunday qilib, rossiyalik tennischi turnirning yarim finaliga chiqdi. Kechroq o‘zbekistonlik yana bir tennischi Denis Istomin va xorvatiyalik Ivan Dodig kortga chiqishadi.