TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Ukraina iqtisodiyot va ijtimoiy soha uchun qanchalik og‘ir bo‘lmasin, YaIMning kamida 5%ini mudofaaga sarflashi shart, dedi mamlakat prezidenti Petr Poroshenko Bogun nomidagi harbiy litseydagi o‘quvchilarning qasamod qilish marosimida. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
"Agar biz xalq, millat, davlat sifatida yashab qolishni istasak, Ukraina iqtisodiyoti, budjeti va ijtimoiy sohasi uchun qanchalik og‘ir bo‘lmasin, YaIMning kamida 5%ini mudofaaga sarflashimiz shart", — dedi Poroshenko.
Ukraina rahbarining aytishicha, mamlakat hukumati kelasi yili qurol sotib olish va ta’mirlash uchun 426,5 million dollardan ortiq mablag‘ ajratadi. Poroshenko ukrainaliklar to‘lagan soliqlari nimalarga sarflanayotganini ko‘rishlari uchun xalqqa qurol-yarog‘larni namoyish qilish kerak deb hisoblaydi.
Ukraina vazirlar mahkamasi 2017-yilgi davlat budjetiga mudofaa xarajatlari uchun YaIMning 5%i yoki 129 milliard griven (4,9 milliard dollar) ajratdi, bu esa o‘tgan yilgiga nisbatan 15 milliard griven (576 million dollar)ga ko‘p demakdir.