O‘zbekiston Ombudsmeni prezident saylovlari oldidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishToshkent shahri, MB va xalqaro Interkontinental biznes-markazi
Toshkent shahri, MB va xalqaro Interkontinental biznes-markazi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa faoliyati saylov madaniyati oshishiga xizmat qiladi, deya ta’kidlanmoqda

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekiston parlamentining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsmen) 14-oktabr sanasidan boshlab O‘zbekiston prezident saylovlarida fuqarolarning ishtiroki masalasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani yo‘lga qo‘ymoqda, deb xabar qildi payshanba kuni ombudsmen matbuot-xizmati.

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchisi Bahrom Boxodirovich - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi: mamlakat saylov tizimi barcha standartlarga javob beradi
"O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga saylovlar o‘tkaziladigan vaqt mobaynida qisqa 1096 raqami bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga chiqish imkoni mavjud", — deyiladi xabar matnida.

Ombudsmen matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa saylov madaniyati va aholi elektoral faolligi oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu fuqarolarning saylov huquqlari erkinligiga qarshilik ko‘rsatilganda tezkor tarzda munosabat bildirish va monitoringni amalga oshirish imkoniyatini beradi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni 78 yoshida insult oqibatida olamdan o‘tgan edi. O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev tayinlandi. O‘zbekiston prezidenti saylovlari 4-dekabrga belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0