Usturt GKM olti oyda 218 mln dollarlik mahsulot eksport qildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishGazni qayta ishlash zavodi
Gazni qayta ishlash zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Majmua 2016-yilning dastlabki yarim yilida 250 ming tonnadan ortiq polietilen va polipropilenni eksport qildi

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Markaziy Osiyodagi eng yirik neft-kimyo korxonasi — Usturt gaz-kimyo majmuasi 2016-yilning birinchi olti oyi davomida 218 million dollarlikdan ortiq mahsulot eksport qildi, deb ma’lum qildi korxonadagi manba Sputnik muxbiriga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, majmuaning asosiy eksport bozori MDH, Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari bo‘lgan. Xorijga jami 250 ming tonnadan ortiq polietilen va polipropilen jo‘natildi. Polietilenni ilk marta 2015 yil dekabrida, polipropilenni esa 2016 yil yanvarida eksport qilish boshlangan edi.

"Majmua joriy yilning may oyida foydalanishga topshirilganidan keyin to‘liq quvvat bilan ishlashi uchun harakat davom ettirilmoqda. Korxona to‘liq quvvat bilan ishga tushgach, yiliga 387 ming tonna polietilen, 102 ming tonnadan ortiq piroliz distillyati, 83 ming tonna polipropilen, 8 ming tonna piroliz moyi hamda 3,8 milliard kub metrgacha tozalangan gaz ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi", — dedi manba.

Suhbatdoshning aytishicha, Usturt gaz-kimyo majmuasi ishga tushirilgach, mamlakatda polietilen ishlab chiqarish 2015-yilning birinchi yarim yilligidagiga nisbatan 3,5 baravarga oshgan.

Xvan Gyo An va Shavkat Mirziyoyev Usturt gaz-kimyo majmuasi ochilish marosimida. - Sputnik O‘zbekiston
Usturt gaz-kimyo majmuasi foydalanishga topshirildi

Bu esa ilgari xorijdan keltirilgan polipropilen ichki bozorini to‘liq ta’minlash imkonini berdi. Ilgari aksariyat yetakchi o‘zbek korxonalari gilam tayyorlashda foydalaniladigan ushbu mahsulotni Eron va Janubiy Koreyadan keltirishar, bu esa tayyor mahsulot tannarxining sezilarli ravishda oshishiga sabab bo‘lar edi.

Umuman olganda, O‘zbekistonda polietilen ishlab chiqarishni 4,1 baravarga  — 2015-yildagi 125 ming tonnadan 2019-yilga kelib 512 ming tonnaga yetkazish mo‘ljallanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0