Latofatli Rayhon efir ortidagi harakatlari uchun tanqidlar yomg‘iri ostida qoldi

© rayhonganieva.comRayhon G‘aniyeva, xonanda
Rayhon G‘aniyeva, xonanda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xonanda tomonidan Instagram sahifasiga joylangan video muhokamaga o‘ch ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun ayni muddao bo‘ldi, deyish mumkin

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. "Milliy" telekanalida o‘zini teleboshlovchilikda sinab ko‘rayotgan maftunkor Rayhon efir ortidagi "gaplar" aks etgan videoni o‘zining Instagram sahifasiga joyladi.

Xonanda bu bilan o‘z muxlislariga xit-parad ko‘rsatuvi qanday qilib suratga olinishini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Ammo…

Natijada, shu vaqtga qadar 36 ming marotaba ko‘rilgan video rolik internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi, hatto, xonandaga nisbatan o‘ta keskin tanqidiy fikrlar bildirildi.

Kak mi snimayem xit parad 😂

Video opublikovano Rayxon Ganiyeva (@rayhonganieva) Okt 12 2016 v 8:18 PDT

 

"O‘zbek tili o‘yinchoqmas, xohlagan joyida buziladigan", — deya izoh qoldirgan muxlislardan biri.

"Bu rolikda Rayhona o‘zbek tilini o‘rganayotgani aks etgan", — deya javob qaytargan unga boshqasi.

"Xuddi boshqa san’atkorlarning hammasi o‘zbek tilida gapiradigandek, nega Rayhonga yopishvoldinglar. Eng muhimi dili pok bo‘lsin", — deya Rayhonning yonini olgan yana bir muxlis.

Boshqa biri esa, mana shunday bo‘lmag‘ur gaplarni, tanqidlarni yozayotganlarni "bloklab" tashlashni maslahat bergan. "Ana, Shahzoda xuddi shunday qiladi, izohlarning hammasini o‘chirib tashlaydi, shuning uchun uning sahifasida birorta ham negativ gaplar yo‘q", — deya maslahat bergan latofat_rayhon niki ostidagi foydalanuvchi.

Aytgancha, izohlar orasida, uyatsiz, nojo‘ya so‘z va jumlalar juda ko‘p uchraydi…

Ammo rolik tagida izoh qoldirganlar orasida "Hammaning oldida o‘zini ko‘rsatadiganlar ham topiladi, xuddi o‘zi bir narsani qoyillatib qo‘ygandek. E’tibor bermang. Baribir Rayhon zo‘r!", "Bu bugun ko‘rgan videolarim ichida eng zo‘ri!" deya tasalli berganlar ham topildi.

Xonanda esa o‘ziga nisbatan bildirilgan tanqidlarga javoban shunday izoh qoldirgan:

"Ba’zida dahshatli izohlarga duch kelaman va hayron qolaman. Insondan qanchalik nafratlanish mumkin. Shu, jumladan, o‘zingiz hatto tanimaydigan odamdan qanday qilib nafratlanish mumkin? Nahotki, bularning barchasi o‘zingizga qaytib borishini tushunmasangiz? Menga emas, sizga. Mendan esa faqatgina gunohlarimni olmoqdasiz. Buning uchun Sizdan minnatdorman. Mening manfurlarim, sizlarga mo‘l baxt va muhabbat tilayman. Balki shunda qanchalar adashganingizni anglarsiz. Sizlarni samimiy sevaman va har biringizni hurmat qilaman".

Yangiliklar lentasi
0