TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Rossiya Transport vazirligi yo‘llar ekspluatatsiya xarajatlarini qoplash uchun, chegarani kesib o‘tgan avtomobil va temiryo‘l transport vositalaridan to‘lov olish tizimini ishga tushirmoqchi, RIA Novosti xabariga asosan.
To‘lov olish uchun, yuk mashinalarini nazorat qiluvchi "Platon" tizimidan foydalanish rejalashtirilgan.
"Dastlabki bosqichda chegarani kesib o‘tish nuqtalari xizmatlari pullik bo‘ladi. Avtotransport vositalaridan uning turiga qarab — yengil yoki yuk mashinasi, temiryo‘l transportidan esa — tashib o‘tilayotgan yuk miqdoriga qarab to‘lov olinadi", — deyilgan xabarda.
To‘lovlar qabul qilish uchun yagona operator tashkil qilingan bo‘lib, u "Platon" tizimining asosiy funksiyalarini o‘z ichiga mujeassamlashtirgan bo‘ladi.
Yangi tizim bo‘yicha to‘lovlar qabul qilish 2017-yilning ikkinchi yarmidan boshlanishi mumkin. Shuningdek, xususiy sarmoyadorlar yordamida chegarani kesib o‘tish uchun alternativ nazorat nuqtalari qurilishi mumkinligi haqida xabar qilingan.