Qozog‘iston madaniyat vaziri jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda

© FacebookQozog‘iston Madaniyat va sport ishlari vaziri Aristanbek Muhammado‘g‘li
Qozog‘iston Madaniyat va sport ishlari vaziri Aristanbek Muhammado‘g‘li - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinsiy zo‘ravonlik va tovlamachilikda ayblangan Qozog‘iston Madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muxamado‘g‘li o‘z sha’ni va qadr-qimmatini sud orqali tiklash niyatida, deb xabar qilmoqda mahkama matbuot-xizmati

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Qozog‘iston Madaniyat vaziri nomiga yog‘dirilgan ayblovlar jamoatchilik o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Vazirning o‘zi esa bu gaplarning hammasi bo‘xton ekanligini takrorlagan holda bu borada jo‘yaliroq fikr bildirishdan saqlanayapti.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq qozog‘istonlik aktrisa Yenlik Sidiqqova Qozog‘iston Madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muhammado‘g‘lini videomurojaat orqali vazirni jinsiy zo‘ravonlik va tovlamachilikda ayblagan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘shanda Aristanbek Qozog‘iston milliy san’at akademiyasi rektori vazifasida faoliyat yuritgan. Akademiyaga o‘qishga kirish niyatida bo‘lgan Siddiqova imtihonlarga kechikib qolgan. Ayolning ta’kidiga ko‘ra, o‘shanda Muhammado‘g‘li unga bu muammoni 3 ming dollar evaziga hal qilishni taklif qilgan, so‘ngra uning qayerda va kim bilan yashashiga qiziqa boshlagan.

Aktrisaning bu boradagi "iqrorlari" omma o‘rtasida katta shov-shuv va bahs munozaralarga sabab bo‘ldi, deb xabar qiladi RIA Novosti axborot agentligi.

Muhammado‘g‘li Yenlik Siddiqovaning gaplarini bo‘xton deb atab, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini sud orqali himoya qilishini ma’lum qilgan.

"Hurmatli OAV, internet nashrlar va ijtimoiy tarmoq vakillari! Vazir o‘z sha’ni va qadr-qimmatini faqatgina qonunda ko‘rsatilgani kabi sud orqali himoya qiladi", — deya xabar qilingan Qozog‘iston respublikasi madaniya va sport vazirligi axborotida.

Shuningdek, mahkama xabarida Muxammado‘g‘li sud qarori chiqqunga qadar OAVlarga bu borada hech qanday izoh bermasligi aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0