TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Bugun chorshanba kuni Qrim yarim orolining bir necha aholi punktlarida Rossiya FXX va IIV maxsus kuchlari Rossiyada ta’qiqlangan “Hizb ut-Tahrir” tashkilotining bir necha rahbar va a’zolarini qo‘lga oldi, RIA Novosti ma’lumotiga asosan.
Ayni damda huquqni saqlash organlari “Hizb ut-Tahrir”ning eng faol besh a’zolari turar joyida tintuvlar o‘tkazilganini xabar qilishmoqda.
"Hizb-ut-Tahrir al-Islami", ya’ni Islom ozodlik partiyasi faoliyati dunyoning ko‘plab mamlakatlarida terrorchilik partiyasi deb tan olingan. Rossiyada uning faoliyati 2003-yildan buyon ta’qiqlangan. Tashkilot maqsadi –nomusulmon hukumatlarni yo‘q qilib, “umumjahon xalifaligini o‘rnatish”.
Rossiyaning Volga bo‘yidagi, Markaziy hududdagi, Sibir o‘lkasidagi va Qrimdagi yirik shaharlarida "Hizb-ut-Tahrir” vakillari hibsga olish hollari uchrab turadi.