TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘zbekistoning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi. Bu haqda "O‘zgidromet" markazi xabar bermoqda.
"13—14 oktabr kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor", deyiladi markaz axborotida.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq ushbu haftaning 13-oktabr kunidan boshlab, kuchli yomg‘ir yog‘ib sovuq bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Ob-havo ma’lumotiga ko‘ra, payshanba kuni ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi soatiga 15-20 metr kuchayishi kutilmoqda. 12-13 oktabr kunlari viloyatlarda havo harorati tunda 8-13 gradus bo‘lishi kutilmoqda. 14-15 oktabrda esa, havo harorati yanada pasayib, 5-10 gradusni tashkil qilishi kutilmoqda. Kunduzgi havo harorati shu kunlarda 20 gradus issiq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.