TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Dunyodagi oltinga boy davlatlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni Amerika Qo‘shma Shtatlari egallagan, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri.
Ro‘yxatdan jami 100 davlat va tashkilotlar o‘rin olgan.
Markaziy Osiyo mintaqasida oltinga boy mamlakat sifatida Qozog‘iston tan olingan (21-o‘rin), Afg‘oniston ro‘yxatning 60-pog‘onasini zabt etgan bo‘lsa, qo‘shni Tojikiston o‘zining 12,3 tonna oltini bilan 67-o‘rinda joylashishga muvaffaq bo‘lgan.
Qirg‘iziston ro‘yxatda 83-o‘rinni egallagan.
O‘zbekiston va Turkmaniston ro‘yxatda ko‘rsatilmagan, deb yozadi nashr.
Ro‘yxatga sakkiz ming tonna oltinga ega Qo‘shma Shtatlar yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni — 3,3 ming tonna oltin zaxirasiga ega Germaniya egallagan. Uchinchi o‘rin esa Xalqaro Valyuta fondiga ajratilgan. Unldan keyingi o‘rinlarda Italiya va Fransiya kelmoqda.
Rossiya Federatsiyasi 1,5 ming tonna oltini bilan ro‘yxatning 7-pog‘onasida joylashgan.