TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Rossiya hukumati Turkiyadan olib kirish ta’qiqlangan mahsulotlar ro‘yxatidan sitrus mevalarni, jumladan apelsin, mandarin, abrikos, shaftoli, olcha va olxo‘rini chiqardi.
"Bugun imzolangan qaror bilan, olib kirish ta’qiqlangan mahsulotlar ro‘yxatidan yanga va quritilgan apelsin, mandarin, klementin, vilking va shunga o‘xshash gibrid sitrus mahsulotlar, yangi abrikos, shaftoli, nektarin, olcha va olxo‘ri mustasno qilindi", — deyilgan hujjatda.
Turkiyada yetishtirilgan olma, uzum, nok, qulupnay, yer tuti, pomidor, piyoz, gul karam, brokkoli, bodring, parranda go‘shti, tuz va gvozdika kabi mahsulotlar ta’qiq ostida qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Suriya osmonida Rossiya bombardimonchi samolyoti Turkiya qiruvchisi tomonidan urib tushirilganidan keyin, ikki mamlakat munosabatlari keskin yomonlashgan edi. Rossiya hukumati Turkiyadan import qilinadigan mahsulotlarning dayarli hammasini ta’qiqlab qo‘ygan edi.