Qur’on va Injil bir kitobda nashr etiladi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishQur’on o‘qish
Qur’on o‘qish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik olimlar ushbu ikki muqaddas kitoblarni birga nashr etish bilan ikki din orasida mavjud bo‘lgan ulkan ko‘prikni ko‘rsatishmoqchi.

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. AQShda bir nasroniy va bir musulmon olim Injil va Qur’onni chuqur o‘rganib 3 mingdan ortiq bir-biriga o‘xshash mavzu va mazmunlar topishdi. The Independent nashri yozishiga qaraganda, ular ushbu muqaddas kitoblarni bir kitobda nashr qilib, o‘quvchilarga ularning bir biriga o‘xshash jihatlarini ko‘rsatishmoqchi.

Kitob mualliflari Devid Nyuberi va Safi Kaskas – do‘stlar. Kaskas ushbu ishni 10-yil oldin Qur’onni ingliz tiliga tarjima qilishni boshlagan vaqtda boshlagan edi. Ikkin do‘stning fikriga ko‘ra, ularning loyihasi nasroniy va musulmonlar orasida “yarashuv asbobi” bo‘ladi.

“9/11 teraktlardan keyin G‘arb jamiyatida musulmonlar va Qur’onga nisbatan kuchli ijtimoiy  bezovtalik paydo bo‘lgan”, — deb hisoblaydi Kaskas.

Olimning fikriga ko‘ra, bunday ilmiy ishni amalga oshirishning allaqachon vaqti kelgan. Uning maqsadi — yanada kattaroq falokatning oldini olish. Ushbu kitob — dunyoning eng ommaviy dinlarini odamlar yaxshiroq tushunishiga yordam berishiga olimning ishonchi komil.

“Biz ishonamizki, ushbu kitob odamlarga — nasroniylik va musulmonlik orasida farq bo‘lsada, ikki din vakillari orasida ulkan ko‘prik borligini namoyish qiladi”, — dedi Nyuberi.

Masalan, Qur’onda nasroniylar payg‘ambari Iisus Xristos yuz martadan ortiq Iso payg‘ambar nomi bilan tilga olingan.

Professor, shuningdek hozirgi zamonda odamlar islom dini va nasroniylik bir muqaddas yerda paydo bo‘lganiga va ular orasida ulkan o‘xshashlik borligiga e’tibor bermayotganidan, afsusda ekanligini ham aytib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0