O‘zbek san’at ustalari Turkiyadagi simpoziumda qatnashishdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik san’at ustalari yangi ijodiy g‘oyalarini amalda tatbiq etishib, o‘ziga xos san’at asarlarini yaratdilar

TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Turkiyaning Aspat shahrida bo‘lib o‘tgan haykaltarosh va rassomlarning XIV xalqaro simpoziumida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etdilar, deb xabar beradi "Jahon" AA. Simpozium "Aspat" ijtimoiy-madaniyat fondi va Turkiya bosh vaziri huzuridagi hamkorlik va koordinatsiya bo‘yicha agentligi tomonidan tashkil etildi.

Ilxom teatrida rassom Shakuning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

2003 yildan buyon o‘tkazib kelinadigan mazkur simpoziumning maqsadi dunyoning turli mamlakatlarida ijod qiluvchi san’at ustalarini bir joyga yig‘ish va ularning o‘zaro tajriba almashishlarini ta’minlashdan iborat. Aspatga taniqli musavvir va haykaltaroshlar bilan birga ushbu sohadagi iste’dodli yoshlar ham tashrif buyurdilar.

Bu yilgi simpoziumda O‘zbekistondan musavvirlar L.Ibragimov, S.Rahmatov, D.Eshmatov va haykaltarosh G.Sultonova qatnashdi.

Simpozium doirasida o‘zbekistonlik san’at ustalari yangi ijodiy g‘oyalarini amalda tatbiq etishib, o‘ziga xos san’at asarlarini yaratdilar. Simpozium qatnashchilari o‘zbekistonlik san’at vakillarining ishlariga yuqori baho berdilar va ularning asarlarida yaratuvchanlik, tinchliksevarlik va hurfikrlilik tamoyillari aks etib turishini ta’kidladilar.

Yangiliklar lentasi
0