O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ib sovuq bo‘lishi kutilmoqda

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishYomg‘ir
Yomg‘ir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu haftaning payshanba kuni ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi soatiga 15-20 metr kuchayishi kutilmoqda.

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Ushbu haftaning 13-oktabr kunidan boshlab, kuchli yomg‘ir yog‘ib sovuq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet sahifasi.

Ob-havo ma’lumotiga ko‘ra, payshanba kuni ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi soatiga 15-20 metr kuchayishi kutilmoqda.

12-13 oktabr kunlari viloyatlarda havo harorati tunda 8-13 gradus bo‘lishi kutilmoqda. 14-15 oktabrda esa, havo harorati yanada pasayib, 5-10 gradusni tashkil qilishi kutilmoqda. Kunduzgi havo harorati shu kunlarda 20 gradus issiq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0