TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Bugun Toshkentda birinchi mushuklar ko‘rgazmasi – “Kuzgi koshkent” bo‘lib o‘tdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Ko‘rgazmada turli tuman mushklar qatnashdi. Ular orasida narxi bir necha ming dollar bo‘lgan zotdor mushklar qatorda oddiy lekin juda yoqimtoy uy mushuklari ham bor edi.
Ko‘rgazmada turli zotdor mushuk bolalarini, barcha kerakli hujjatlari bilan birga sotib olish imkoni ham bor edi. Zotdor bo‘lmagan uy mushuk bolalarini esa – bepul tarqatishdi.
Marokkolik serval zotli mushuk – ko‘rgazmaning eng qimmat a’zosi bo‘ldi. Uning narxi 14000 $ ekan.
Tashkilotchilar ushbu ko‘rgazma katta yo‘lning boshi ekanligiga va O‘zbekistonda felinologiya rivojlanishiga katta hissa qo‘shishiga umid bildirishdi. Felinologiya – mushuklarni o‘rganidagian fan.
Birinchi bor o‘tkazilishiga qaramasdan FARUS felinologiya assotsiatsiyasidan xalqaro maqom oldi. “Kuzgi koshkent”ga dunyoda taniqli felinologlar: rossiyalik Olga Sinitsina va qozog‘istonlik Yevgeniy Mechkovskiy lar tashrif buyurdi.