Rossiya va AQSh munosabatlarida tub o‘zgarishlar yuz berdi - Sergey Lavrov

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishRossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va AQsh munosabatlri yomonlashuvi bir necha yil oldin boshlangan bo‘lsada, Suriyada oxirgi kunlarda bo‘lib o‘tgan voqealar munosabatlarning keskinlashuviga olib keldi.

TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Rossiya va AQsh munosabatlarida tub o‘zgarishlar yuz berdi, — dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, RIA Novosti xabariga asosan.

"Moskva uzoq vaqt davomida Vashington hatti-harakatlari borasida "strategik qanoat" saqlab kelgan edi, lekin hozir Rossiya va AQsh munosabatlarida tub o‘zgarishlar yuz berdi", —   dedi Lavrov Rossiyaning "Perviy kanal" jurnalisti Rossiya va AQSh munosabatlari o‘zgarishi haqida bergan savoliga javoban.

"Rostini aytsam, biz uzoq vaqt davomida, amerikalklar tilida aytganda "strategik qanoat" saqlab kelgandik, — axir munosabatlarning yomonlashuvi amerika tomonidan bir yoqlama tartibda boshlanganiga ancha vaqt bo‘ldi. Bu Ukraina hodisalaridan ham oldin bo‘lgan edi", — debe so‘zini davom ettirdi ministr.

Rossiya va AQSh munosabatlari kesin yomonlashuviga oxirgi bir necha kun davomida Suriyada bo‘lib o‘tgan voqealar turtki bo‘ldi. Rossiya va AQSh Suriyada tinchlik o‘rnatish haqida kelishuvga erishganidan keyin, AQSh kutilmaganda Suriya armiyasi qo‘shnlariga havodan zarba berdi va muxolifatni jangarilardan ajratish haqidagi va’dasining ustidan chiqmadi. Undan tashqari, o‘t ochmaslik haqidagi kelishuvdan jangari guruhlari qayta qurollantirish va yangidan hujumga o‘tish uchun foydalanildi.

Rossiya bunga javoban, Suriya hududida qo‘shimcha S-300 zenit-raketa majmualarini joylashtirdi. Ushbu majmualar himoya quroli bo‘lib, ular Rossiyaning Suriyadagi harbiy kuchlarini osmondan zarba berishdan himoya qiladi.

Yangiliklar lentasi
0