Minskda yosh yigit benzin-arra bilan odamlarga hujum qildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishBenzin arra
Benzin arra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Yevropa” savdo markazida shanba kechqurun sodir bo‘lgan fojeada bir ayol qurbon bo‘ldi, ikkinchisi - kasalxonada.

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Minskda yosh yigit benzin arra bilan odamlarga hamla qilishi natijasida bir ayol qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Belarus.

Ushbu og‘ir jinoyatni sodir etgan yigit allaqachon qo‘lga olingan. Shahar militsiyasi xabriga ko‘ra u 18 yoshli Minskda yashaydigan o‘smir bo‘lib chiqqan.

“Jinoyatchi qo‘lga olindi, u 1988 yilda tug‘ilgan. U benzin arra va boltani gitara g‘ilofiga yashirib savdo markaziga olib kirgan”, — dedi jurnalistlarga Minsk shahar IIB bolig‘i Aleksandr Barsukov.

Uning so‘zlariga qaraganda, voqea joyiga darhol yetib kelgan huquqni saqlash organlari, odamlardi evakuatsiya qilgan va jarohatlanganlarga yordam bergan. Bir ayol qurbon bo‘lgan ikkinchi kasalxonada.

Hibsga olingan yosh yigit shahardagi Sovetsk tumani IIBga olib kelingan. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Ushbu jinoyat bo‘yicha hatto o‘lim jazosi berilishi mumkin”, — dedi Tergov qo‘mitasi boshlig‘i o‘rinbosari Aleksey Volkov.

Ushbu jinoyat sabablari o‘rganilmoqda, huquqni saqlash organlari aytishiga ko‘ra, ayblanayotgan yosh yigitning “ko‘rinishi juda durust bo‘lgan”.

Yangiliklar lentasi
0