TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Moskva regionida ob-havo sovuqlashishi davom etadi, Moskva viloyatlarida qor shaklidagi yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "Fobos" ob-havo markazidan olingan ma’lumotlar asosida.
"Dushanba kuni meteorologiya hodisasi sifatida ayrim joylarda qor parchalari yog‘ishini kuzatish mumkin. Ammo bu shunchaki alohida qor parchali, yerning qor bilan qoplanishi yoxud laylak qor yog‘ishi kabi holat hali kuzatilmaydi", — deb ta’kidlagan mutaxassislar.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yakuniy xulosa emas va iqlim o‘zgarishlari doimiy ravishda kuzatib boriladi.
"Fobos" ma’lumotlariga ko‘ra, oktabr oyi oxirlariga borib Moskva regionlarida ob-havo minus 3 daraja sovuq bo‘ladi.