Dunyoda

Instagram davri: eng mashhur musulmon-blogerlar

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sputnik Oʻzbekiston Instagram davrida eng mashhur va didli musulmon-blogerlar haqidagi maqolani eʼtiboringizga havola qilmoqda

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik, Anastasiya Aleksandrova. Instagram ijtimoiy tarmogʻi 2010 yilning 6 oktyabrida yaratilgan hamda bir paytning oʻzida uyali aloqa telefonlari uchun Instagram ilovasi ham ommaga eʼlon qilingan. Ilova fotosuratlar va qisqa videoyozuvlarni chop etishga moʻljalangan edi. Ayni vaqtda ushbu ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 500 mln kishidan ortgan.

Uzoq yillar mobaynida hijobli blogerlar Instagram boʻshligʻidan oʻzlarining betakror uslublari, moda haqidagi oʻziga xos tushunchalari hamda zamonaviy dunyoda hijobning oʻrni haqida oʻz tasavvurlarini ommaga havola qilish uchun foydalanib kelishadi.

Bloger-musulmonlar faoliyatidan ilhomlangan millionlab kuzatuvchilar moda olamining betakror goʻzalligidan bahra va ilhom olishadi, deyish mumkin.

Musulmon-blogerlar Gʻarb jamoatchiligida mustahkam oʻrnashib qolgan stereotiplarni yoʻqqa chiqarib, "zamonaviy musulmon ayollari" tushunchasi — faol hayotiy pozitsiyaga ega didli ayollar tushunchasini yaratishmoqda.
Sputnik Oʻzbekiston eng mashhur va didli musulmon blogerlari reytingini eʼtiboringizga havola etmoqda.

Dian Pelangi
Indoneziyalik yosh musulmon dizayner, uning Instagram iga aʼzo kishilar soni 4 milliondan oshib ketgan. Sohibjamol haqida — u butun dunyo boʻylab musulmon modasi chegaralarini kengaytirayotgan pionerlardan biri deb aytish mumkin. 2008-yilda Dian Pelangi Parijda 1841 yilda asos solingan Ecole Superieur des Arts et Techniques de la Mode tamomlagan. Dian butun dunyoni musulmon modasi bilan tanishtirishning oʻziga xos tajribasini oʻsha yerdan oʻrgangan deyish mumkin.

2010 yilda Dian Jakartada oʻtgan oliy moda haftaligida oʻzining liboslar kollektsiyasini namoyish etgan, shundan soʻng yosh dizaynerning ijod mahsuli butun dunyoda katta qiziqish uygʻongan.

Dian 2012 yilda musulmon ayollar uchun moda haqida soʻzlovchi kitob chop etgan, kitobga kiritilgan maqolalarni Dian oʻzining sayohatlari davomida yozib borgan.
Dian Pelangi Le-Burjeda oʻtgan he International Fair of Muslim World da ishtirok etgan.
2014 yil Houte Arabia Fashion Show otelida Blvgary, London. Dianning mijozlari orasida mashhur xonandalar va qirollik oilasi aʼzolari ham bor.
Diana Tokio
Britaniyalik liboslar dizayneri Diana Tokio Instagram blogni 1 mln kishi kuzatib boradi, huriliqo YouTubeda oʻz kanalini yuritadi, u yerda kulgili videoroliklarni eʼlon qiladi, misol uchun hijobni oʻrash turlari, goʻzallik, munosabatlar, din va hayot tarzi mavzularida muzokaralar olib boradi. Dina Tokio Lazy Doll brendi asoschisi. U moda olamiga yangi nafas olib kirgan ijodkor deb aytish mumkin. Bundan tashqari, u Akila-stayl sayti uchun diniy mavzularda oʻz fikr-mulohazalarini yozib turadi. Tokio oʻz kollektsiyalarida katta hajmdagi hijobga koʻproq urgʻu beradi.

Xasana Al-Yakubiy
Eng mashhur musulmon fud-blogerlaridan biri boʻlmish Xasana Al-Yakubiy Los-Anjelesda istiqomat qiladi va  din, taom hamda moda mavzularida chop etadigan maqolalari orqali tanilgan. Ideal va betakror uslubga ega ijodkor faoliyatini 13 ming kishi kuzatib boradi.

Darhaqiqat, Xasana yaqinda hijobli musulmon-ayollar uchun sartaroshxona tashkil qildi. Xasananing soʻzlariga qaraganda, stilistlar ayollarga soch parvarishi va ularga yarashadigan soch turmaklarini tanlashda yordam berishadi, shuningdek, ular, shunchaki, qiziqarli insonlar davrasida hordiq chiqaradilar.

Saniya Siddiqiy
Nyu-Jersilik yosh qiz Saniya Siddiqiy eng nafis didga ega blogerlardan biri sifatida tan olingan. Ellik ming nafar kuzatuvchiga ega bu ayol qizi va turmush oʻrtogʻini yangi bejirim liboslarga burkashni yaxshi koʻradi.

Foto opublikovano S A N I A ❥ (@sanias) Yanv 10 2016 v 2:46 PST

Ibtixoj Muhammad
Amerikalik qilichboz, jahon va Panamerika oʻyinlari chempioni Ibtixoj Muhammad ijodini 120 ming kishi kuzatib boradi Rio-de-Janeyro oʻyinlarida ishtirok etgan Muhammad Olimpiya oʻyinlari tarixida hijob taqqan holda ishtirok etgan birinchi amerikalik sifatida eʼtirof etilgan. Joriy yilda u oʻzining ilk liboslar kollektsiyasini namoyish etdi. U LouellaLove deb nomlanadi.

Mariya Al-Siddiq
AQShning Alabamasida istiqomat qiluvchi Mariya casual-style yoʻnalishida liboslar yaratuvchi eng mashhur musulmon-blogerlardan biri sanaladi. Uning instagrammini 200 mingdan ziyod muxlis kuzatib boradi. U oʻz blogida eng bejirim liboslarni namoyish etadi. Mish-mishlarga koʻra, Mariyaning garderobida eng mashhur brendlar tomonidan ishlab chiqilgan 500 juft krossovka bor emish.

Foto opublikovano M A R I A (@mariaalia) Apr 14 2016 v 4:10 PDT

Omina Xon
Ominakin sifatida mashhur Omina Xon – YouTube ning eng taniqli feshn-blogerdir. U onlayn hijob doʻkoni — Rearl-daisy brendi asoschisi. Omina tomonidan taqdim etiladigan moda olami yangiliklarini butun dunyo boʻylab 400 ming kishi kuzatib boradi. Uning musulmon ayollari uchun pardoz sirlari videosi esa koʻpchilikka manzur kelgan boʻlsada, ammo blogerning fikriga qoʻshilmaganlar ham topildi.

 

Yangiliklar lentasi
0