Arshavin garovda yutqazib qo‘ygan jurnalistning sochini "kal" qilib oldi

© SputnikArshavin garovda yutqazgan jurnalistning sochini kal qilib oldi
Arshavin garovda yutqazgan jurnalistning sochini kal qilib oldi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andrey Arshavin gulduros qarsaklar ostida bloger Petr Volikovning sochini "yaltir" qilib oldi va o‘z fanatlariga dastxat berishda davom etdi

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Qozog‘istonning "Kayrat" futbol klubi yarimhimoyachisi Andrey Arshavin payshanba kuni jamoaga kelgan rossiyalik o‘yinchi yangi mavsum avvalida munosib o‘yin ko‘rsata olishiga shubha qilgan qozog‘istonlik jurnalist Petr Volikovning sochini kal qilib oldi, deb xabar qiladi Sputnik Qozog‘iston.

Gap shundaki, Volikov ilgariroq agar Arshavin yangi jamoa tarkibida sakkizta gol ursa, o‘z sochini kal qilib olishi haqida ma’lum qilgan edi.

Jurnalistlar bilan muloqot qilgan Arshavin birinchi marta kimningdir sochini olganini tan olgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston chempionatining 28-turida Arshavin joriy turnirda sakkizinchi golini kiritgan edi.

Sirtdan o‘ynalgan garov ishtirokchilari yirik savdo markazlarining birida uchrashishgan. Andrey Arshavin gulduros qarsaklar ostida to‘planganlar guvohligida Volikovni elektr mashinkasi yordamida "kal" qilgan.

Shundan so‘ng futbolist o‘zining ashaddiy muxlislariga dastxat berishda davom etgan.

Yangiliklar lentasi
0