7 oktabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishBulutlar
Bulutlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 7-oktabr kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 7-oktabr kuni Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-12, kunduzi 25-27 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 8-13,  kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda  o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 11-16, kunduzi 24-29 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 8-13, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 9-14, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0