RAF – sobiq Ittifoqning mashhur mikroavtobusi

Obuna bo‘lish
RAF 70-80 yillarda sobiq Ittifoqning eng yirik mikroavtobuslar zavodi bo‘lgan. Rafiklardan Ittifoqning barcha shaharlarida “tez yordam”, marshrutli taksi, sayoh va mehmonlarni olib yuruvchi transport sifatida keng foydalanilgan.

Riga avtobus fabrikasi 1949-yilda tashkil qilingan bo‘lib, dastlab u avtobus kuzovlari ishlab chiqrishga mo‘ljallangan. 1951-yilda zavod Riga eksperimental avtomobil fabrikasi bilan birlashib, GAZ dvigateli va shassisi asosida 23 o‘rinli RAF 561 avtobuslari ishlab chiqara boshlagan.

1954 yilda zavod  qayta tashkil qilinib Raga avtomobil fabrikasi nomini oldi. 1957-yilda RAF o‘z kuchi bilan yaratilgan birinchi mikroavtobusi — RAF 10  ishlab  chiqara boshladi. 1957-yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan yoshlar festivali sharafiga RAF 10 “Festival” nomini oldi. Avtomobilda Volga GAZ-21 dvigateli o‘rnatilgan edi. Ushbu mikroavtobus o‘zgarishsiz 1975-yilga qadar ishlab chiqarildi.

1976 yildan boshlab mikroavtobuslarning yangi modeli ishlab chiqarila boshladi. RAF 2203 “Latviya” aytishlariga qaraganda, juda qulay,  tejamkor va manyovrli mikroavtobus bo‘lgan. Ishonchli GAZ-24 avtomobillariga o‘rnatiladigan dvigatellar bilan jihozlangan bo‘lgan.

© WikipediaOlimpiyskiy rafik
Olimpiyskiy rafik - Sputnik O‘zbekiston
Olimpiyskiy rafik

RAF 70-80 yillarda sobiq Ittifoqning eng yirik mikroavtobuslar zavodiga aylandi.  Xalq ushbu mikroavtobuslarni “rafik” deb atar edi. Rafiklar Ittifoqning barcha shaharlarida “tez yordam”, marshrutli taksi, sayoh va mehmonlarni olib yuruvchi transport sifatida keng tarqaldi.

1991 yilning sentabr oyida Latviya mustaqil davlatga aylandi,  RAF esa — aksiyador jamiyatga. Zavodda mikroavtobuslar ishlab chiqarish to‘xtatildi. Taqdir taqozosiga ko‘ra, ishlab chiqarilgan eng oxirgi mahsulot – o‘lik tashiydigan mashinalar bo‘ldi.

Bugungi kunda RAF zavodi binolarining asosiy qismi buzilib ketgan, qolgan joylari esa ijaraga topshirilgan. Zavod hududida uning tarixiga bag‘ishlangan muzey ochilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0