Raddiya

© fotoliaQonun va odil sudlov ramzlari
Qonun va odil sudlov ramzlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Agrobankning Qo‘qon filiali boshqaruvchisi hibsga olindi" sarlavhasi ostida chop etilgan maqoladagi ma’lumotlar haqiqatdan yiroq

2016 yilning 26-sentabr sanasida Sputnik saytida soat 13:53da "Jamiyat" ruknida "Agrobankning Qo‘qon filiali boshqaruvchisi hibsga olindi" sarlavhasi ostida xabar chop etilgan edi.

"Farg‘ona viloyati "Agrobank"ning Qo‘qon shahar filiali rahbari, 42 yoshli Jahongir Zaynobiddinov katta miqdorda mablag‘ o‘zlashtirishda ayblangani, xususan, hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan 1,4 milliarddan ortiq mablag‘ni noqonuniy yo‘l bilan o‘zlashtirib olgani (Xususan Kokand Jasmine Premium Business kompaniyasining 320, "Impeks original tekstil"ning – 280 mln so‘mini, "Sherzod tekstil"ning 200 mln so‘mini, "Konizar savdo plast servis"ning —130 million so‘mini va boshqa korxonalar mablag‘ini o‘margani) hamda uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilingani, bundan tashqari, u O‘zbekiston va Lixtenshteynning Besh Kraft Ex qo‘shma korxonasiga 763 ming dollar kredit ajratgani keyin esa ushbu kredit yangi kredit hisobiga so‘ndirilgani" haqidagi ma’lumotlar haqiqatdan yiroq.

Sputnik O‘zbekiston Jahongir Zaynobiddinovdan uzr so‘raydi.

Yangiliklar lentasi
0