TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiyada 2020-yilga kelib barcha yangi ishlab chiqarilgan avtomobillar avtomobil harakatlanishi haqidagi barcha ma’lumotni yozib boradigan GLONASS terminali bilan jihozlanadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "Izvestiya" xabariga asosan.
Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun terminallar majburiy bo‘lib, ulardan nafaqat YTH sodir bo‘lganda, balkim yo‘l harakati qoidalari buzilishini ham qayd qilish uchun ham foydalanish taklif qilinmoqda.
Nashr xabariga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Rogozin ishtiriokida bo‘lib o‘tgan majlis protokoliga ko‘ra, Rossiya transport vaziri o‘rinbosari Aleksey Sidenov "Navigatsiya ma’lumotlari uzatish davlat yagona muhiti" (YeGSNI) tashkil qilish g‘oyasini bildirgan edi. Ushbu taklif qabul qilinib Sanoat va savdo, Transport, Iqtisodiyot hamda GLONASS davlat kompaniyasiga ushbu tizimni ishlab chiqish topshirildi.
"…YeGSNI, jumladan YHQ buzish hollarini aniqlash va aybdorlarni jazoga tortish uchun ham ishlatilishi mumkin", — deb majlis protokolidan parcha keltiradi nashr.
ERA-GLONASS — yangi tizimning asosiga aylanadi. Uning terminallari 2020-yildan boshlab Rossiyada ishlab chiqarilayotgan barcha avtomobillarga o‘rnatilishi shart bo‘ladi. YeGSNI tashkil qilish bo‘yicha asosiy tashkilot — Sanoat va Savdo vazirlikligi deb belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, ERA-GLONASS tizimini Rossiyada ishlab chiqarilayotgan barcha avtomobillarga o‘rnatish haqidgi ma’lumotlar ikki yil oldin paydo bo‘lgan edi. O‘shanda ushbu "qora quti" nafaqat avtomobil harakati, yo‘nalishi haqidagi ma’lumotlarni yozib borishi, balkim YTH sodir bo‘lganda avtomatik ravishda tez yordam chaqirish xususiyati hamda "favqulodda yordam" tugmachasi bilan jihozlangan bo‘lishi haqida xabar qilingan edi.