O‘zbekistonlik 18 yoshli yigitni AQShda otib o‘ldirishdi

© FotoliaAQSh politsiyasi
AQSh politsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurollilardan biri Sardorning boshiga o‘q uzgan

TOShKENT, 5 okt – Sputnik. 2-oktabr kuni AQShning Merilend shtatida o‘zbekistonlik talaba yigit otib o‘ldirildi, deb xabar beradi nuz.uz AQShdagi o‘zbek immigrantlarining saytiga tayanib.

Aytilishicha, hodisa Reysterstaunda sodir bo‘lgan. 18 yoshli Sardor Fayziyev kech soat sakkizlarda do‘stlari bilan mashinada o‘tirganida ularning oldiga qurolli yigitlar kelishgan. Ular janjal boshlashgan va qurollilardan biri Sardorning boshiga o‘q uzgan. Shundan so‘ng hujum qilganlar o‘z mashinalariga o‘tirib voqea joyidan qochib ketishgan.

Sardorning do‘stlari politsiya va “tez yordam” chaqirishgan. Og‘ir ahvoldagi yigit Merilend universiteti gospitaliga olib borilgan. Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan, yigitning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Sardor Fayziyev o‘zbekistonlik bo‘lib, Reysterstaundagi Franklin High School o‘quv yurtida ta’lim olardi. Uning oilasi 2006-yilda Amerikaga ko‘chib borgan va Merilendda yashagan.

© sayt Uzbekskoy immigratsii v SShASardor Fayziyev oilasi bilan
Sardor Fayziyev oilasi bilan - Sputnik O‘zbekiston
Sardor Fayziyev oilasi bilan

Xabarda ma’lum qilinishicha, ota-onasi Sardorning jasadini Toshkentga olib kelishga qaror qilishgan. Hozirda O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi yordamida zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Baltimor okrug politsiyasi Sardorning o‘limida gumon qilinganlardan birini qo‘lga olgan. U 20 yoshli Brayn Lionel Gonsales bo‘lgan. Gonsales Sardor Fayziyevning o‘limida ayblanmoqda. Hozirda u Baltimor okrugi qamoqxonasida garov evaziga ozodlikka chiqish huquqidan mahrum etilgan holatda saqlanmoqda.

Ushbu holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Tergovchilar bu avvaldan rejalashtirilgan qotillik deb taxmin qilishmoqda va qolgan ikki gumondorni ham qidirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0