TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Rossiya FA zoologiya instituti paleontologi va Amerikaning Smitson institutidagi hamkasbi Markaziy Osiyo hududida titanozavrlar – og‘irligi 100 tonnalik ulkan dinozavrlar yashaganligini aniqlashdi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Zoologiya instituti Aleksandr Averyanovning aytishicha, keyingi yillarda Markaziy Osiyo hududida yashagan ulkan dinozavrlarning ko‘plab qoldiqlari topilgan.
Ayniqsa, 90-yillarda Averyanov va amerikalik paleontologlar tomonidan Qizilqum sahrosida topilgan tishlar og‘irligi 100 tonna va uzunligi 25-30 metrli dinozavrlarga tegishli bo‘lganligi aniqlandi.
Averyanov va Smitson instituti vakili Gans-Diter Zus titanozavrlarning hududda qanchalik keng tarqalganligini bilish maqsadida ushbu tishlarni va dinozavrlarning boshqa qoldiqlarni o‘rganishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Qizilqumning o‘nlab nuqtalari va Markaziy Osiyoning boshqa hududlarida topilgan tishlar Xitoyda topilgan titanozavrlar tishlariga judayam o‘xshab ketadi. Bu esa olimlarning fikricha, titanozavrlar hududda keng tarqalganligini va o‘z davrining eng yirik dinozavrlari bo‘lganligini anglatadi.