TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Ozarbayjon Mudofaa vaziri, general-polkovnik Zokir Gasanov O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida mamlakatning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi va uning qabriga gulchambar qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.
Zokir Gasanovning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik hamda boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qilish nazarda tutilgan.

Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Gasanov Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi
© Ministerstvo oboroni Azerbaydjana
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016-yilning 2-sentabr sanasida 78 yoshida insult oqibatida olamdan o‘tgan edi. Marhum o‘z ona-shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga ko‘ra dafn etilgan.
