Internet shov-shuv: o‘zbek somsachisi qanday qilib marketingdan "dars" bergani haqida

Obuna bo‘lish
Shu kechayu-kunduzda internet olamini ham hayratga solib, ham kuldirayotgan xabarlardan birini e’tiboringizga taqdim etamiz

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Toshkent shahrida somsa sotadigan ayol o‘z mahsulotini o‘tkazishning antiqa yo‘lini o‘ylab topdi.

"Somsani zo‘ri, qalbimni qo‘ri, yemaganlarni sho‘ri. Somsalarni zo‘r qilib yopgan adajonisining qo‘li", — deb o‘z mahsulotini reklama qilmoqda somsapaz.

"Ayting, ayting yana" deya qistaganlaridan so‘ng ayol shunday deya davom etadi:

"Somsalar dumbali, somsalar sho‘rvali. Somsani yopgan o‘g‘limni otini aytaymi? Abduvali!", — deydi va bu gaplardan kayfiyati ko‘tarilib xandon otib kulayotgan mijozi qo‘liga issiqqina somsani tutqazadi va "Pulni bering!" degancha "Qo‘limda pul, menga qarab kul", — deya xayrlashadi.

"Somsa bu yoqda, ko‘ziz qayoqda" degancha o‘z mahsulotiga xaridor chorlashda davom etayotgan ayolning antiqa marketinggi ko‘pchilikni hayratga solmoqda.

"Marketing deganlari mana shunday bo‘lishi kerak! Qornim och bo‘lmasa-da, beixtiyor uchta somsa oldim. Ayolni videoga olmoqchi edim, u unamadi", — deb yozadi Facebook ijtimoiy tarmog‘ining TrollUZB guruhi foydalanuvchisi. Quyida somsapaz ayolning "marketologlik" mahoratini tinglab, baho berishingiz mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0