TOShKENT, 5 okt — Sputnik. AQSh hukumati Suriya mojarosiga harbiy yo‘l bilan aralashish yo‘lini izlamoqda, deb yozadi The Washington Post nashri.
Nashr xabariga ko‘ra, o‘tgan hafta Oq uyda AQSh Davlat departamenti, Markaziy Razvedka qo‘mitasi va AQSh Harbiy kuchlari shtablari boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Ushbu majlisda Suriya harbiy kuchlari pozitsiyalariga zarba berish masalasi ko‘rib chiqilgan.
Harbiy shtablar boshliqlari qatnashgan majlisda qanotli raketalar yordamida Suriya Havo kuchlari joylashgan aerodromlarning uchish yo‘laklariga zarba berish muhokama qilingan. Ushbu operatsiyani BMT Xavfsizlik kengashi va Oq uydanning roziligisiz o‘tkazish imkoniyati ham ko‘rib chiqilgan.
Undan tashqari birlashgan shtab rahbariyati Suriya rahbariyatiga qarshi qaratilgan faoliyatni ham muhokama qilgan. Ularning fikriga ko‘ra, agar AQSh qo‘llab-quvvatlayotgan “muxolifat” kuchlar, ya’ni radikal islom jangarilari, Aleppoda yengilsa, AQShning Suriyada olib borayotga butun “aksilterror operatsiyasiga” putr yetishi mumkin.
Ushbu maslani muhokama qilish Milliy xavfsizlik kengashida davom ettiriladi. Kengash kelayotgan dam olish kunlari prezident Barak Obama ishtirokida bo‘lib o‘tishi kerak. Washington Post fikriga ko‘ra, Obama bunday zarbalar berishga rozi bo‘lmaydi.