Turkmanistonlik mashhur xonanda narkotik iste’mol qilgani uchun uzr so‘radi

© vk.comNazir Habibov
Nazir Habibov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nazir Habibov qo‘liga kishan solingan holda teletomoshabinlar oldida paydo bo‘lib, doimiy ravishda narkotik moddalar iste’mol qilganiga iqror bo‘ldi.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik, Amangeldi Nurmuradov. Turkmanistonda mashhur xonanda Nazir Xabibov, qoradori istemol qilgani uchun teleefir orqali uzr so‘radi.

Mahalliy telekanalda Turkmaniston hududiga 35 kg qoradori va 40 ming dona tramadol tabletkalari olib kirishga uringan uch guruh narkodilerlar haqida ko‘rsatuv bo‘lgandi. (Tramadol — tarkibida kuchli narkotik moddasi bo‘lgan, o‘ta kuchli og‘riq qoldiruvchi dori).

Ko‘rsatuv oxirida mashhur xonanda Nazir Habibov ham qo‘liga kishan solingan holda teletomoshabinlar oldida paydo bo‘lib doimiy ravishda narkotik moddalar iste’mol qilganiga iqror bo‘ldi.

Xususan, xonanda “Yaxshi hayot kechirib turib, men o‘z qilmishim bilan ota onamni, o‘z oilamni va to‘rt bolamni sharmanda qildim. Men bundan buyon hech qachon bunday sharmandali ishlar bilan shug‘ullanmaslikni va’da beraman. Meni kechiringlar”, — dedi Nazir Xabibov.

Nazir Habibov Turkmanistonda eng “qimmat to‘y artistlaridan” biri hisoblanadi.

Turkmanistonda narkotik moddalar tarqalishiga qarshi jiddiy kurash olib borilmoqda. Bugungi kunda ushbu mamalkatda bunday giyohlarni topish juda amrimahol. Qo‘lga olingan narkodilerlar juda uzoq muddatga qamoqqa olinadi. Ularga nisbatan amnistiya ham amal qilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0