Atambayev 600dan ortiq kishini fuqarolikka qabul qildi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishDen nezavisimosti Kirgizii
Den nezavisimosti Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Atambayev imzolagan qarorga ko‘ra 668 kishi Qirg‘iziston fuqaroligini oldi, 144 kishi fuqarolikdan chiqdi.

 

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 5ta qaror imzoladi. Ulardan to‘rttasi Qirg‘iziston fuqaroligiga qabul qilish haqida, bittasi fuqarolikdan chiqarish haqida, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Dastlabki imzolangan to‘rt qaror natijasida 668 kishi Qirg‘iziston fuqaroligiga ega bo‘lishdi.Ularnig asosiy qismini, sobiq O‘zbekiston va Tojikiston hududida yashagan  etnik qirg‘izlar tashkil qiladi. Ular o‘z tarixiy vatanlariga qaytishdi.

Qirg‘iziston yangi fuqarolari orasida Ukraina va Xitoy fuqarolari ham bor.

Prezidentning beshinchi qaroriga binoan 144 kishi Qirg‘iziston fuqaroligidan chiqarilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0