TOShKENT, 4 okt – Sputnik. 2016-yilning 5-oktabr kuni Star Med Center tashxis markazida Janubiy Koreyadagi yetakchi gospitallarning tajribali shifokorlari o‘zbek hamkasblari bilan birga mahalliy aholi uchun bepul maslahatlar beradi, deb xabar beradi nuz.uz
Koreyalik mutaxassislar master-klasslar o‘tkazishadi, turli tashxis qo‘yilgan bemorlarni ko‘zdan kechiradilar hamda ularga dori-darmon qabul qilish, kasalliklarni turli bosqichlarda samarali davolash bo‘yicha maslahatlar beradilar.
Maslahatlarni Seul universiteti neyroxirurgi, doktor Pak Xen Gi, Koreya urologiya assotsiatsiyasi a’zosi, urolog, doktor Son Jun Xvan, Xirurgik onkologiya markazining saraton markazi bosh shifokori, onkolog, doktor Li Chae Yang, "Bucheon" gospitali rahbari, xirurg, doktor Kim Xung Cheol, Seul milliy universiteti qoshidagi xalqaro tibbiyot markazi dotsenti, kardiolog, doktor Kim Sergeylar berishadi.
Shifokorlar ko‘rigiga oldindan bepul asosda yozilish mumkin, deyiladi xabarda.