Toshkent, 4 okt — Sputnik. Toshkentda kelasi yili butun dunyoga mashhur Hilton brendi ostidagi mehmonxona paydo bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi Sputnik muxbiriga "O‘zbekturizm"dagi manba.
2014 yilda Hilton xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i vakillari bilan poytaxt biznes-markazida joylashgan International Hotel Tashkent mehmonxonasini ularning boshqaruviga o‘tkazish borasida kelishuvga erishilgandi.
"O‘zbekturizm" vakilining ma’lum qilishicha, bugungi kunda International Hotel Tashkent ning chap qanotida Hilton standartlari bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
"Hiltonning majburiy talablaridan biri obyektni yagona tanuv uslubida rekonstruksiya qilishdir. Rekonstruksiya ishlari Hilton talablariga muvofiq olib borilmoqda, kelasi yili ishlar yakuniga yetganidan keyin mehmonxona ushbu brend ostida ishlay boshlaydi. Barcha ishlar qachon yakuniga yetishi haqida aniq aytish qiyin, lekin muntazam ish olib borilmoqda", — dedi manba.
Eslatib o‘tamiz, 1997-yildan boshlab ushbu mehmonxonani InterSontinental xalqaro tarmog‘i boshqargandi. 2012-yil mayida O‘zbekiston hukumati va InterSontinental vakillari obyektni boshqarish bo‘yicha shartnomani uzaytirish borasida kelisha olishmagan.