Samarqanddagi bellashuvlarda o‘zbekistonlik sportchilarga teng keladigani topilmadi

Obuna bo‘lish
Samarqandda bo‘lib o‘tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo ochiq kubogi hamda parakanoe bo‘yicha Osiyo chempionatida Osiyo va Yevropaning 14ta davlatidan 279 sportchi qatnashdi

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi 28-sentabrdan 3-oktabrga qadar Samarqandda Samarqandda bo‘lib o‘tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo ochiq kubogi hamda parakanoe bo‘yicha Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni oldi, deb xabar beradi O‘zbekiston "Rowing & Canoe" federatsiyasi.

Bellashuvlarda O‘zbekiston hamda 14 ta xorijiy davlatlar — Yaponiya, Eron, Iroq, Pokiston, Singapur, Vyetnam, Tailand, Shri-Lanka, Koreya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Gruziya terma jamoalarining 200 nafardan ortiq sportchilari kuch sinashdi.

Kattalar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo ochiq kubogida o‘zbekistonlik sportchilar jami 64ta, 20ta oltin, 24 kumush va 20ta bronza medalini qo‘lga kiritdilar. Ikkinchi o‘rinni qozog‘istonlik sportchilar egallashdi. Ular yakunda 20 ta oltin, 13 ta kumush, 11 ta bronza medallariga ega bo‘lishdi. Uchinchi o‘rinni uchta oltin medal bilan rossiyalik sportchilar egallashdi.

Parakanoe bo‘yicha birinchi Osiyo chempionatida O‘zbekiston sportchilari 3 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, eng yaxshi natijani qayd etishdi.

Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni yaponiyaliklar, uchinchi o‘rinni eronlik sportchilar egallashdi.

Samarqanddagi eshkak eshish kanalining rekonstruksiya qilingani O‘zbekistonda suv sportini rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaldagi ifodasidir. Ushbu sport inshootining umumiy maydoni 84,5 gektarni tashkil etadi, uzunligi 2215 metr va eni 130 metrlik asosiy hamda 2215 metr uzunlik va 58 metr kenglikdagi aylanma kanalga ega. Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan bu inshootda yuz o‘rinli mehmonxona, 64 o‘rinli oshxona, majlislar zali, hakamlar xonasi va boshqa yordamchi xonalar, qirg‘oqda esa ikki ming o‘rinli tomoshabinlar o‘rni mavjud.

Ushbu zamonaviy inshoot Germaniyaning IMAS firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan start va finish chiziqlarini aniqlovchi zamonaviy elektron tizim bilan ta’minlangan. Bu esa musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish imkonini beradi. Umuman, sport majmuasi barcha mezonlar bo‘yicha xalqaro va olimpiya o‘yinlari talablari darajasiga yetkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0