Toshkentda 5-oktabr kuni havo harorati +25 darajagacha iliq bo‘ladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishOltin kuz fasli
Oltin kuz fasli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 5-oktabr, chorshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 5-oktabr, chorshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar qilmoqda "O‘zgidromet" markazi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chorshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +3…+8 daraja, Toshkent shahrida +8…+10 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +6…+11 daraja, qolgan barcha hududlarda +13…+16 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.

5 oktabr kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida +13…+18 daraja, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida +17…+22 daraja, Toshkent shahrida +20…+25 daraja, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida +17…+22 daraja, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida +22…+27 darajacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0