TOShKENT, 4 okt — Sputnik. O‘zbekiston vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan Oliy va O‘rta ta’lim vazirligi bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziri Rustam Azimov ixtiyoriga topshirildi, deb xabar qilingan lex.uz da chop etilgan hujjatda.
Vazirlik rahbariyati 4 kishiga qisqartirildi, lekin markaziy apparati xodimlari soni cheklovi olib tashlandi.
Oliy va O‘rta ta’lim vazirligi boshqarmasi ikki bosh boshqarmaga bo‘lindi:
Kadrlar tayorlash va OTMlar faoliyatini tashkillashtirish Bosh boshqarmasi. Ushbu boshqarma o‘quv metodik ishlari hamda bitiruvchilar uchun ish o‘rinlari qidirish bilan shug‘ullanadi.
Yangi o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlari kiritishni nazorat qilish Bosh boshqarmasi esa, o‘quv dasturlarining sifatini nazorat qilish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va vazirlikning alohida bo‘limlari faoliyatini nazorat qilish bilan shug‘ullanadi.