Eduard Sagalayev: hayotdagi yutuqlarim uchun O‘zbekistondan minnatdorman

© Sputnik / Aleksandr KrajevEduard Sagalayev
Eduard Sagalayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya teleradio milliy assotsiatsiyasi prezidenti, O‘zbekiston farzandi va Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi respublikadagi hayoti va mehnat faoliyatini qizg‘in xotirlaydi

TOShKENT, 3 okt — Sputnik, Kseniya Nabatkina. Bugun o‘zining 70 yoshini qarshi olgan Rossiya teleradio milliy assotsiatsiyasi prezidenti Eduard Sagalayev Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan O‘zbekiston haqidagi xotiralarini o‘rtoqlashdi.

Eduard Sagalayev 1946-yil 3-oktabrda Samarqandda tug‘ilgan.

1967 yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini, keyinroq KPSS MK qoshidagi ijtimoiy fanlar akademiyasini bitirgan. U talabalik davridayoq radioda, keyinroq "Samarkandskiy vestnik" (Samarqand xabarnomasi) gazetasida ishladi.

1967 yildan 1969-yilga qadar Samarqand viloyat radio va televidenie qo‘mitasida muharrir, bosh muharrir bo‘lib ishladi. 1972-yildan 1973-yilgacha "Komsomoles Uzbekistana" (Toshkent) gazetasida mas’ul kotib lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.

Sagalayev O‘zbekistonda o‘tgan yillarini qizg‘in xotirlaydi.

"Hayotda erishgan barcha yutuqlarim uchun Samarqanddan, O‘zbekistondan minnatdorman, chunki mening inson, shaxs sifatida shakllangan davrim aynan o‘sha yerda o‘tdi. Men Samarqand quyoshi va yulduzlari ostida ulg‘aydim. Bu menga bir umrga yetadigan quvvat baxsh etdi", — deydi u.

Layma Vaykule na muzikalnom festivale Pesnya goda 2014 - Sputnik O‘zbekiston
Milliy (MTV) - yangi ko‘ngilochar telekanal ishga tushdi

Mahalliy ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatgan yillarini ham u quvonch bilan esga oldi.

"Men Samarqand viloyat radiosida diktor bo‘lib ish boshlaganman, o‘sha davr uchun bu juda katta auditoriya edi, to‘g‘ri, keyinchalik men yanada katta auditoriyaga ega markaziy televideniyeda chiqish qildim. Men O‘zbekistonda o‘qib-o‘rganganlarim keyinchalik juda asqotdi", — dedi Sagalayev.

Sagalayev ustozlari qatorida "Samarkandskiy vestnik" muharriri Lev Korsunskiy va ushbu gazeta tarixida sezilarli iz qoldirgan jurnalist Yuriy Krujilinlarni tilga oldi.

Yubilyar O‘zbekistondagi do‘stlari yoniga bajonidil borib turadi. Ular orasida Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi (NAESMI) Firdavs Abduxoliqov ham bor. Sagalayev O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan tanish bo‘lganligidan alohida faxrlanadi.

"O‘zbekiston iqtisodiyot, madaniyat, ijtimoiy sohalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritganligi bilan faxrlanaman. Samarqand, Toshkentga borganimda u yerlardagi bo‘layotgan o‘zgarishlarni ko‘rib quvonaman. Masalan, tug‘ilib-o‘sgan shahrim Samarqandda qurilgan kollejlarni, yoshlarni ko‘rib qalbim quvonchga to‘ladi",- deydi u.

Jurnalist kelasi yilning bahorida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirganligini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0